

Manbaning xabariga ko'ra, italyan klubi Allan Sen-Maksiminga qiziqish bildirmoqda. "Rossonerilar" 25 yoshli fransiyalik futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.
"Milan" "Roma" futbolchisi Nikolo Zanologa ham qiziqish bildirmoqda, biroq klublar transfer bo'yicha kelisha olmayapti: rimliklar futbolchini 30 million evroga sotmoqchi, milanliklar esa dastlab ijaraga olib, so'ngra sotib olish variantini taklif qilishmoqda.
Sen-Maksimin joriy mavsum Premer-liganing 12 o'yinida 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


