"Milan" "Real" bilan Diasning ijarasini uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
28 iyun 2021, 10:23
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Braim Dias o'tgan mavsumni ijarada o'tkazgan "Milan" klubida qoladi.

"Rossonerilar" "qirollik klubi" bilan 21 yoshli futbolchining ijarasi borasida kelishuvga erishishdi. 

Tomonlar bitimga o'yinchini 25 million evroga xarid qilish borasidagi bandni qo'shishdi.

Braim o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano