"Milan" Origi bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildi

Administrator
23 dek 2025
Hujumchi klub safida 36 ta o'yinda atigi 2 ta gol urgan.

"Milan" Divok Origi bilan shartnomani bekor qilganini rasman ma'lum qildi.

Belgiyalik hujumchi 2022/23 yilgi mavsum oldidan "Liverpul"dan Italiya klubiga o'tgan edi. U "rossoneri" tarkibida barcha turnirlarda jami 36 ta o'yin o'tkazib, faqat 2 ta gol urdi.

Origi 2023 yilning may oyidan beri "Milan" safida maydonga tushmagan. U 2023/24-yilgi mavsumni "Nottingem Forest" jamoasida ijara asosida o'tkazdi.


AdministratorMuallif
Manba: acmilan.com