"Milan" "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan fransiyalik futbolchisini yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2023
Futbolchi keyingi o'yinda "rossoneri"ga ko'maklasholmaydi.

"Milan" himoyachisi Per Kalulu Fransiya yoshlar terma jamoasi safida to'pig'idan jarohat oldi. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.

Futbolchi bir haftadan so'ng yangi tekshiruvdan o'tadi. Demak, u 2 aprel kuni "rossoneri"ning "Napoli"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.

22 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda jami 37 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe