"Milan" muxlislari Shevchenkoga atab banner ko'tarishdi

Aziz Tukhtamuradov
14 yanv 2022, 09:40
Kecha Italiya kubogi doirasida "Milan" va "Jenoa" jamoalari o'yini bo'lib o'tdi (3:1).

Mezbon muxlislar uchrashuvda o'z vaqtida "Milan" sharafini himoya qilgan, hozirda "Jenoa" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Andrey Shevchenkoga bag'ishlab banner ko'tarishdi. 

Unda quyidagi yozuvlar bor edi: "Bu uzoq muhabbat tarixi. Manchestyerdagi nigohlar qalbimizga muhrlangan. Sheva - afsona".

Muxlislar 2003 yilgi YCHL finalida "Yuventus"ga qarshi o'yinning penaltilar seriyasini nazarda tutishgan.

Shuningdek kecha o'yin boshlanishiga yaqin "San-Siro"dagi muxlislar ukrainalik murabbiyning ismini aytib, olqishladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia