"Milan" "Liverpul" futbolchisini o'z safiga qo'shib ololmaydi

Italiyaning "Milan" klubi "Liverpul" markaziy yarim himoyachisi Adam Lallana uchun kurashdan chiqib ketgan.

"Calciomercato" nashrida berilgan xabarda buning sababi oshkor qilinmadi, ammo "rossonerilar" yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatidan to'liq ayrilgani takidlangan. Ma'lumot uchun, 31 yoshli angliyalik futbolchi mersisaydliklar safiga 2014 yilda "Sautgempton"dan kelib qo'shilgandi.


Manba: Calciomercato