"Milan" kelasi yozda "Arsenal" posboni Leno bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
4 sen 2021, 11:55
"Arsenal" darvozaboni Bernd Leno faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Milan" kelasi yozda 29 yoshli nemisning londonliklar bilan shartnomasi yakunlangandan so'ng, u bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

Leno joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 9ta to'p olib chiqdi.

Darvozabonning shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport