"Milan" ispan grandining ikki futbolchisini nishonga oldi

Mariano Dias va Luka Yovich A Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Milan" klubi rahbariyati qishda jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish haqida o'ylamoqda. Zlatan Ibragimovich masalasidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin "rossonerilar" Madridning "Real" klubi hujumchilari Mariano Dias va Luka Yovichlarga e'tibor qaratishmoqda. Italiya jamoasi har ikkala futbolchi uchun taxminan 60-70 million evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Milan"ning "Arsenal" futbolchisi Lukas Torreyroga davogarlik qilayotgani haqida ham xabarlar tarqalgandi.


Manba: