"Milan" himoyachisi jiddiy jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
16 sen 2017
Italiyaning "Milan" klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, o'ng qanot himoyachisi Andrea Konti chap oyog'ining son qismidan jarohat olganligi sabab 6 oyni o'tkazib yuboradi.

Ushbu jiddiy jarohatni futbolchi mashg'ulot jarayonida oldi. Eslatib o'tamiz, Konti shu yozda "Atalanta"dan 24 million evro evaziga "Milan" tarkibiga qo'shilgan edi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: acmilan.com