"Milan" himoyachisi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
23 okt 2025
"Milan" himoyachisi Fikayo Tomori bilan yangi bitim bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqda.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

"Men "Milan"da qolmoqchiman va klub menga aytmagunicha ketish niyatim yo'q. Bu joy - mening uyim", – dedi angliyalik futbolchi.

27 yoshli himoyachi hozirgi jamoasida 2021 yildan buyon to'p tepadi. Tomori ushbu mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisining Italiya klubi bilan amaldagi bitimi 2027 yilgacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano