"Milan" futbolchisi uchun Italiya va Angliya grandlari kurashmoqda

Mirjalol Normatov
7 apr 2021
"Milan" hali ham yarim himoyachi Xoqon Chalxanoglu bilan shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Futbolchining ayni shartnomasi yozda yakuniga etadi va u klubdan yiliga 5 mln evro maosh talab qilmoqda. Ammo "Milan" unga 4 mln evro bermoqchi. "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, klub taklifini oshirmoqchi bo'lmayapti.

Shu boisdan turkiyalik futbolchi erkin agent sifatida jamoadan kyetishga yaqin turibdi. 27 yoshli futbolchi bilan "Yuventus" shartnoma imzolash uchun qattiq harakat qilmoqda.

Shuningdek, "Arsenal" va "Chelsi" kabi klublar uning atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Ular Xoqonga o'zi istagan maoshni berishga tayyor turibdi.

Xavbek ushbu mavsum A Seriyaning 24 o'yinida 2 gol va 8 assistni amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport