"Milan" Florencini "Roma"dan 4,5 million evroga xarid qilish huquqi bilan 1 mln evroga bir mavsum uchun ijaraga oldi

Alisher
21 avg 2021
"Roma" himoyachisi Alessandro Florenci faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

30 yoshli o'yinchini "rossonerilar" keyingchalik xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishdi.

Oldinroq xabar berilganidek, Alessandroning ijarasi uchun milanliklar 1 million evro to'lashadi va uni 4,5 mln evroga sotib olishlari mumkin bo'ladi.

Italiyalik o'tgan mavsumni PSJda ijara asosida o'tkazdi, ungacha esa bir yil "Valensiya"da to'p tepgandi.


AlisherMuallif
Manba: acmilan.com