Milan Deulofeuni ijaraga olganini e'lon qildi, Everton g'azabda

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2017, 09:32
Milan Everton yarim himoyachisi Jerar Deulofeuni ijaraga olganini e'lon qildi.

Rossonerlar futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Transferning qolgan detallari oshkor qilinmayapti.

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, Angliya klubi vakillari Milan transfer hali yakunlanmay turib uni e'lon qilganidan g'azabdalar. Keyinroq Italiya klubi Deulofeuning ijarasi haqidagi xabarni o'chirib yubordi.

Bu mavsumda ispaniyalik futbolchi APLda 11ta o'yinda maydonga tushdi xolos.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com