

Ikki o'yin natijasiga ko'ra, "rossonerlar" neapolliklarni mag'lub etdi va turnirning yarim finaliga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, “Milan” klubi joriy Chempionlar ligasida g'alaba qozongan taqdirda, hujumchi Zlatan Ibrahimovich medal ololmaydi. Gap shundaki, 41 yoshli shvetsiyalik hujumchi italyanlarning evrokuboklar uchun qaydnomasiga kiritilmagan.
Chempionlar ligasi yarim finalida "Milan" "Inter" bilan to'qnash keladi. Ibragimovich faoliyati davomida ushbu turnir g'olibi bo'lmagan.



