“Milan” “Chelsi” futbolchiga 25 milliondan ko'p berish niyatida emas

Alisher
28 iyun 2023
“Milan” Kristian Pulishich transferi bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Italiyaliklar AQSH terma jamoasi a'zosi uchun “Chelsi”ga 25 million evrodan ko'p berish niyatida emas.

24 yoshli amerikalikning "aristokratlar" bilan kelishuvi kelasi yili yozda yakunlanadi. Uning transfer summasi 25 mln evro atrofida baholanmoqda. Yakunlangan mavsumda Pulishich 30 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com