"Milan" "Bolonya" bilan o'yin vaqtida noqulay holatga tushib qoldi

Mirjalol Normatov
22 avg 2023
Italiya chempionatining 1-turida "Milan" safarda "Bolonya"ga qarshi o'yin o'tkazdi.

"Italian Football TV" xabariga ko'ra, "rossoneri" tanaffus vaqtida kiyim almashtirish xonasiga ketmagan. Chunki xonaning kondicioneri ishlamay qolgan. Issiq havoda o'tirishni bosh murabbiy istamagan.

Bunday holat jamoaning g'alabasiga to'sqinlik qila olmadi va Kristian Pulishich hamda Olive Jiruning gollari milanliklarga 3 ochkoni taqdim qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Italian Football TV