

U maydonga qaytishni istamoqda. Bu haqda Gyurkuffning “Bordo”dagi sobiq jamoadoshi Maruan Shamax xabar qildi.
“Yoann haqida yaxshi yangilik bor. U maydonga qaytishi mumkin. U bilan bu haqda tez-tez gaplashib turaman. Uning qarashlari o'zgarishsiz qolgan. Gyurkuff oilasi bilan ko'proq vaqt o'tkazish uchun futboldan ketdi. Ammo endi qaytish imkoniyatiga ega bo'lib turibdi”, deydi Shamax.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli yarim himoyachi “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va professional faoliyatini 2003 yil aynan shu klubda boshlagan. Bundan tashqari, francuz “Bordo” va “Milan” bilan birga “Lion” sharafini ham himoya qilgan.



