"Milan" "Atalanta" darvozaboni bilan transfer shartlarini kelishib oldi

Оқил Абдубарноев
7 dek 2022
"Milan" "Atalanta" darvozaboni Marko Sportello bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

30 yoshli darvozabonning Bergamo klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi, shu bois u boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega. Sportello qishki transfer oynasi yopilgach, fevral oyida "Milan" bilan oldindan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Joriy mavsum darvozabon A Seriya doirasida 6 ta o'yin o'tkazib, ikki marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Calciomercato