Mikel Arteta: “Bir necha hafta ilgari “Arsenal”ning CHLda ishtirok etuvchi uchun kurash olib borishi imkonsiz edi”

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 33-turida “Vulverxempton” (2:0) ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi.

“Bu bizning eng yaxshi g'alabalarimizdan biri bo'ldi. O'yin taqvimimiz tig'iz, ma'lum muddat e'lon qilingan tanaffusdan so'ng raqibmiz yaxshi o'yin namoyish etib kelayotgandi. Bu maydonga kelib, bugungidek g'alabaga erishish oson ish emas. Biz oldinga yana bir muhim qadam tashladik. Bundan judayam mamnunman.

Oldimizda turgan bahslarda xato qilishga haqqimiz yo'q. Har bir o'yinda g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz. Bugungi g'alaba uchun xursand bo'lib turamiz. Ertadan esa “Lester” haqida bosh qotirishni boshlaymiz. Keyinchalik nima bo'lishi o'shanda ko'ramiz. Bir necha hafta  ilgari bunday tig'iz taqvim bois Chempionlar ligasida shtirok etuvchi yo'llanma uchun kurashish  haqida o'ylab ham bo'lmasdi. Hozir vaziyat o'zgardi.

Biz o'yindan o'yinga yaxshiroq bo'lishga intilamiz. Imkoniyatimiz bor ekan unga erishish uchun harakatda davom etamiz. Agar har bir o'yinni bugungidek o'tkaza olsak, raqiblarimizga oson bo'lmaydi”, dedi Arteta.


Manba: Football.London