Migel Rodrigo: "Oltita gol o'tkazish hayolimizga ham kelmagan edi"

Narzulla Saydullayev
18 fev 2016, 18:28
Qirg'iziston - Yaponiya uchrashuvidan so'ng Migel Rodrigo ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Bu mag'lubiyat biz uchun fojea bo'ldi. Oltita gol o'tkazish - xatto hayolimizga ham kelmagan edi. Raqib biz kutgandan boshqacha o'yin namoyish etdi. Buning ustiga Vetnamdan uchralgan mag'lubiyat yigitlar ruxiyatiga jiddiy ta’sir ko'rsatdi. Agar biz barcha imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda natija umuman boshqacha bo'lishi mumkin edi. 

Birinchi bo'limdagi omadsizlik tufayli o'yinning ikkinchi qismini besh nafar futbolchi bilan boshlashga majbur bo'ldik. Bu esa raqibga qo'l keldi va ular bo'sh darvozani bir necha bor ishg'ol qilishdi. 

Raqibning qarshi hujumdagi o'yini ularga katta foyda berdi", deya o'z fikrlariga yakun yasadi Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia