"Midlsbro" Chempionship jamoasidan futbolchi xarid qildi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017
"Midlsbro" rasmiy sayti jamoaga yangi futbolchi qo'shilganini e'lon qildi.

"Boro" "Aston Villa" hujumchisi Rudi Gestedni xarid qildi. Transfer bahosi oshkor qilinmayapti. 28 yoshli futbolchi Aytor Karankaning yanvar transfer oynasidagi ilk xaridi hisoblanadi. Gested joriy mavsum Stiv Bryus qo'l ostida Chempionship o'yinlarida 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yangi futbolchi "Midlsbro"da 29-raqamda o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia