MFL. "Rubin"da durang, "Alaniya"da irodali g'alaba, Norchaev bir bo'lim o'ynadi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2023
Milliy futbol ligasi 34-turi doirasidagi bahslar bo'lib o'tdi.

"Alaniya" yakuniy turda Maxachqalada "Dinamo" mehmoni bo'ldi va irodali g'alabga erishdi. O'zbekistonlik hujumchi Husayn Norchaev asosiy tarkibda maydonga tushib, 45 daqiqa harakat qildi. Uning jamoasi mavsumni 3-o'rinda tugatdi.  

"Dinamo" Maxachqala – Alaniya 1:2 

Anji-Arena

Gollar: 1:0 – 41 Shumaxov, 1:1 – 67 Giorgobiani, 1:2 – 71 Gurciev.

Eslatib o'tamiz, Rossiya futbol ittifoqi "Alaniya"ga licenziya bermagani bois jamoa RPLga chiqish uchun pley-off bahslarida qatnashmaydi.


Muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan "Rubin" safarda "Rodina" bilan durang o'ynadi. O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov maydonga tushirilmadi.  

Rodina – Rubin 0:0 (0:0, 0:0)

"Spartak" stadioni


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia