

"Hozirgi shartnoma bo'yicha menda yana ikki yil qoldi va klubda juda baxtliman. Umid qilamanki, tez orada kelishuvni uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaymiz", - deydi Maunt.
Maunt - "Chelsi" tarbiyalanuvchisi.
23 yoshli angliyalik futbolchi o'tgan mavsum London jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 53ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 16ta assist qayd etdi.



