Metti Kesh: "Mbappe – men hayotimda ko'rgan eng tezkor futbolchi"

Sherzod Nurmatov
6 dek 2022
Polsha terma jamoasi himoyachisi Metti Kesh Qatarda bo'lib o'tayotgan JCH nimchorak finalida Fransiyaga 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchralgandan keyin fransiyaliklar hujumchisi Kilian Mbappening o'yini haqida fikr bildirdi.

"Men kun bo'yi uning o'yini videosini tomosha qildim va bu juda qiyin bo'lishini bilardim. U to'p bilan birga bo'lganida, to'xtaydi va tezlik bilan oldinga o'tadi – u men hayotimda ko'rgan eng tezkor futbolchi. U oyoqlarimni "yondirdi". Men u bilan bir necha marta musobaqalashib ko'rdim va yomon ko'rinmadim. Siz elkangizga qarasangiz, u o'sha erda pydo bo'lib qoladi. U shunchaki qoyilmaqom va ehtimol, men hozirgacha qarshi o'ynagan eng qiyin raqib. Menimcha, hozirda u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri", – dedi futbolchi.

Ma'lumot o'rnida, Fransiya terma jamoasi 10 dekabr kuni JCH chorak finalida Angliyaga qarshi o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal