"Mettalurg" futbolchisi Moskva klubiga o'tdi

Alisher
3 iyul 2021
Himoyachi Evgeniy Makeev faoliyatini "Veles"da davom ettiradi.

31 yoshli rossiyalik futbolchi Moskva klubi bilan 2021/22 yilgi mavsumning so'ngiga qadar shartnoma imzoladi.

Makeev bungacha Bekobodning "Metallurg" klubi sharafini himoya qilayotgandi. Rossiyalik futbolchi jamoa tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, "Veles" 2020/21 yilgi mavsum MFLda 8-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fcveles