Eshitdik-da! "Metallurg"ga kerak bo'lmay qolgan futbolchi "Andijon"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
12 dek 2023
"Metallurg" klubi hujumkor yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Abdumannonov 2024 yilgi mavsumni katta ehtimol bilan "Andijon" safida boshlaydi.

Ma'lumot uchun, Bektemir avgust oyida bosh murabbiy Vesko Steshevich qaroriga ko'ra "Metallurg" U-21 jamoasiga o'tkazilgandi. Unga qadar Superligada 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan Abdumannonov U-21 Birinchiligida 13ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 6ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia