“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Paxtakor” yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2018
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan “Metallurg” jamoasi murabbiylari unumli foydalanib, kecha Qibraydagi o'quv-mashg'ulort maskanida nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

Raqib “Paxtakor” jamoasi yoshlar tarkibi bo'ldi va o'yinda bekobodliklar yirik hisobda g'alaba qozonishdi. “Metallurg”ning tajribali o'yinchilari tomonidan kiritilgan to'rtta golga yosh paxtakorchilar javob qaytarisha olmadi – 4:0. Gollarning uchtasi birinchi taymda, bittasi esa ikkinchi bo'limda kiritildi.

O'yinda Superliga vakillari yirik hisobda g'alaba nashidasini surishgan bo'lishsa-da, yosh paxtakorchilarning hatti harakati ham muxlis-u mutaxassislarga manzur bo'ldi. Bekobodliklarning himoya chizig'i hamda darvozaboni ishonchli o'ynamaganida yosh “sherlar” o'zlari uchun ancha ijobiy natijani qayd etishlari ehtimoli ham yo'q emasdi.

“Metallurg” – “Paxtakor” (Yoshlar) – 4:0.
Gollar: 
Islom Isokjonov (2), Jasur Hasanov (9), Pavel Purishkin (17), Zohid Abdullaev (58).
“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abror Xusinov, Sherzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Dilyorbek Irmatov, Muhammad Isaev, Jamshid Yusupov, Shahzod Shaymanov, Jasur Hasanov, Islom Isoqjonov, Pavel Purishkin.
Ikkinchi taymda maydonga tushganlar: Zohid Abdullaev, Javohir Sohibov, Zafar To'raev, Pavel Smolyachenko, Abror Toshqo'ziev, Saidjamol Davlatjonov, Andrey Shipilov, Xudoyshukur Sattorov, Muhammadjon Sultonov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: metallurg-pfc.uz