"Metallurg" chernogoriyalik forvard bilan xayrlashdi. Jamoaga liberiyalik hujumchi kelmoqda

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2024
Bekobodning "Metallurg" jamoasi chernogoriyalik hujumchisi Boban Jorjevich bilan ikki tomonlama kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi. Bu haqda Bekobod klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Boban Jorjevich 2024 yilgi mavsum boshida "Metallurg" tarkibiga kelib qo'shilgan edi. Murabbiylar shtabi unga Superliganing 9 ta uchrashuvida maydonga tushish imkoniyatini berdi. Shulardan 4 tasini boshlang'ich tarkibda, 5 tasini esa zaxiradan o'yinga qo'shilish tarzida taqdim etishdi. 



Boban Jorjevich "Metallurg" tarkibidagi 388 daqiqalik faoliyati davomida 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi – u 1-turda "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda Abror Toshqo'ziev goliga assistentlik qildi. 

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevga ko'ra, "Surxon" hujumchisi Silvanus Nimeli ikkinchi davrani "Metallurg" safida boshlashga yaqin. 



Avvalroq "Surxon" ustozi Fevzi Davletov Nimeli haqida berilgan savolga "No comment" deya javob qaytargan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia