

Ushbu uchrashuvda parijliklar forvardi Leo Messi ishtirok etmayapti. Argentinalik futbolchi YCHLning 3-turida "Benfika"ga qarshi bahsda jarohat orttirib olgan. U oyog'ining boldir qismidan noqulaylik his qilgan va zaxiraga olishlarini so'ragan. O'yindan keyin Messining boldir qismida kichik jarohat borligi aniqlangan.
Jarohat jiddiy emas, shu sababli u "Reyms"ga qarshi o'ynashi mumkin bo'lgandi. Biroq Messi yakunda qaydnomaga kiritilmadi.



