Messi Xorvatiya termasi darvozaboni texnikasini o'rganganini aytdi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2022, 12:19
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Xorvatiya terma jamoasi bilan yarim final uchrashuvida (3:0) Dominik Livakovichga qarshi o'yinda penaltini tepish uchun qanday texnikani tanlaganini aytib berdi.

"Xorvatiyalik darvozabonning texnikasini o'rgandim. Biz u zarba yo'llanishini so'nggi pallagacha kutishini bilardik. Eng yaxshisi darhol zarba berib, uni ajablantirish edi", – dedi Messi.

17 dekabr kuni Xorvatiya terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tayotgan mundial yarim finalida 3-o'rin uchun Marokash bilan uchrashadi. Argentina esa JCH-2022 g'olibligi uchun 18 dekabr kuni Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail