

Ma'lum bo'lishicha, "Monpele"ga qarshi o'yindan so'ng Neymar va Mbappe o'rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan. Ularni tinchlantirish uchun Ramos, Markinos va Messi ham oraga tushishga majbur bo'lgan.
Ramos garchi bu yoqmasada, Neymarga PSJda Mbappe penalti tepishi borasidagi qarorni hurmat qilishi kerakligi haqida aytgan.
Tushunmovchilikka shuningdek klub bosh murabbiyi Kristof Galte va sport direktori Luis Kampos aralashgan. Biroq, Neymar va Mbappe haliyam o'zaro kelisha olmayapti.



