Messi Turan, Rafinya va Maskeranoga omad tiladi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2018
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoani tark etgan Arda Turan ("Istanbul Bashakshexir"), Rafinya Alkantara ("Inter") va Xaver Maskeranoga ("Xebey Chayna Forchun") minnatdorchilik bildirib, "Instagram"dagi sahifasiga surat yukladi.

"Arda, Turkiyadagi faoliyatingning yangi bosqichida omad va sog'lik tilayman. Rafinya, Italiyada muvaffaqiyat tilayman, seni diqqat bilan kuzataman. Senga ham, Maskerano, birga o'tkazgan uzoq damlarimizdan so'ng omad tilayman.

Seni sog'inaman. Kiyinish xonasiga kelib, seni ko'rmaslik juda g'alati bo'ladi. Biroq tez orada terma jamoada uchrashamiz. Uchchalangizga ham omad tilayman" - deyiladi surat ostida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia