Messi: "Ronaldinyo "Barselona"ni bunday tark etishga munosib emas edi"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2015
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining fikricha, Kataloniya klubi Ronaldinyo bilan xayrlashib xato qilgan.

2008 yilda jamoani Xosep Gvardiola boshqara boshlaganida braziliyalik futbolchi "Barselona"ni tark etgan edi.

"Ronaldinyoning "Barselona"ga o'tishi katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi. U klub uchun juda muhim futbolchi bo'lgan. Ronaldinyoning "Barselona"ni bu tarzda tark etishi menga yoqmadi. U bunga munosib emas edi" - deydi Messi.

Ronaldinyo 2003 yildan 2008 yilgacha ispan grandi sharafini himoya qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Los regalos del 10