Messi PSJning "Lill"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasiga kirdi, Mbappe bahsni o'tkazib yuboradi

Alisher
29 okt 2021, 15:40
PSJ "Lill"ga qarshi Fransiya chempionati 12-tur doirasidagi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi.

Ro'yxatdan forvard Lionel Messi o'rin oldi.

Oldinroq OAVda 34 yoshli argentinalik mushak noqulayligi sabab o'yinni o'tkazib yuborishi yozilgan edi.

O'yinni LOR-infekciyadan davolanayotgan Kilian Mbappe o'tkazib yuboradi.

PSJ - "Lill" o'yini 29 oktyabrda "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: psg.fr