

"Men endi Parijga qaytdim va maqsadga erishganimizdan xursandman - biz Qatardagi jahon chempionatiga boramiz.
E'tiboringiz uchun katta rahmat. Yanvar oyida nasib qilsa yana ko'rishamiz.
Endi esa e'tiborni boshqa tomonga qaratadigan payt keldi. Chunki PSJ bilan qo'ygan maqsadlarimizga erishishimiz kerak. Diqqatni jamlab, muvaffaqiyatlar yo'lida ishlash lozim.
2022 yil boshlanishiga 1,5 oy vaqt qoldi. Men esa yilni yaxshi holatda, Fransiyada erishishimiz mumkin bo'lgan muvaffaqiyatli damlar bilan tugatishni istayman", - dedi Messi.



