Messi: "Neymar haligacha 10-raqamni olishimni so'raydi"

Mirjalol Normatov
6 dek 2021
PSJ forvardi Leo Messining aytishiga ko'ra, jamoadoshi Neymar unga 10-raqamni berishga tayyor turibdi

"Neymar ancha vaqtdan buyon 10-raqamni olishimni so'raydi. Men yaqindagina klubga keldim. Bu uning tomonidan menga bo'lgan qattiq hurmatini bildiradi. To'g'risini aytsam, Neymarni yaxshi bilganim uchun bu meni taajjublantirmadi. Uning 10-raqamda o'ynashi adolatli deb o'ylayman", - dedi Messi.

Eslatib o'tamiz, Messi yozda erkin agent sifatida PSJ tarkibiga o'tdi. Bunga qadar u butun faoliyati davomida "Barselona" tarkibida harakat qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal