"Messi – men hech qachon zaxirada qoldirmagan yagona futbolchi"

Sherzod Nurmatov
30 may 2023
Samir Nasri Messini yaxshi ko'rgan Pep Gvardiola haqida fikr bildirdi.

Pep Gvardiolaning Lionel Messiga bo'lgan hurmati juda katta bo'lgan. "Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri 2016 yilda "shaharliklar" kiyinish xonasida bo'lgan bir lahzani esladi. 

U [Gvardiola] mavsum boshida [2016-17] xabarni etkazish uchun Messidan foydalangan. U bizga mavsumning birinchi o'yin kuniga qadar bizning do'stimiz bo'lishini, shundan so'ng tanlov qilishi kerakligini aytdi."

U kiyinish xonasida bizdan so'radi: “Lionel Messi shu yerdami?" Biz hammamiz bir-birimizga qarab: "Yo'q, u bu yerda emas", dedik, Pep bunga javoban: "Demak, sizda gapirish huquqi yo'q, chunki u men hech qachon zaxira o'rindig'ida qoldirmagan yagona futbolchi", degandi". 

Samir Nasri Pep Gvardiolaning Lionel Messiga bo'lgan harmatini olqishlab, ular bir-birlariga ko'p yordam berishganini va Kataloniyada muvaffaqiyatli vaqt o'tkazganliklarini ta'kidladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportskeeda