

"Men murabbiy bo'lishni rejalashtirmayapman, lekin bir vaqtlar Zidan ham xuddi shunday degan edi. Keyin u murabbiy bo'ldi va uch marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi. Menga sport direktorining ishi yoqadi, men jamoa qura olardim, lekin hali ishonchim komil emas", – dedi Messi.
35 yoshli Messi joriy mavsum PSJ safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



