Messi faoliyatida ilk bor Buffon darvozasini ishg'ol etdi

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi YCHL 1-turida “Yuventus”ga qarshi bahsda hisobni ochishga erishdi.

Bu argentinalik futbolchining Buffon darvozasiga kiritgan ilk goli sifatida tarixdan joy oldi. Bungacha Buffonga qarshi uch marta maydonga argentinalik yulduz tajribali posbonni dog'da qoldira olmagandi.

Messi uch yoki undan ortiq bahsda to'p kirita olmagan yagona posbon bu “Rubin” posboni Sergey Rijikov hisoblanadi.



Manba: Opta Sports