Messi Chempionlar ligasidagi 123-golini urdi, faqat Ronalduda undan ko'p

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2021, 09:33
PSJ YCHL doirasida "Leyptsig"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Parijliklar futbolchisi Lionel Messi o'yinda dubl qayd etdi. U fransiyaliklar tarkibida uchinchi marotaba YCHL o'yinida maydonga tushdi va uchinchi golini urdi. 

Bu orqali Messining YCHLdagi gollari soni 123 taga etdi. U 120 ta golni "Barselona" safida urgan.

Ushbu turnirda faqatgina Krishtianu Ronaldu Messidan ko'proq gol urgan - 136 ta gol.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA