Messi "Barselona"da kim unga eng ko'p yordam berganini aytdi

Tolibjon Qosimov
6 dek 2024
Lionel Messi o'zi uchun "Barselona"da kimlarni asosiy yordam bergan insonlar deb bilishini aytib o'tdi.

- Klubning tarixiy shaxslaridan qaysi biri sizga ko'proq ta’sir o'tkazgan?

- O'ylashimcha, bunday insonlar ikki kishi. Ular turli sabablar bilan menga kuchli ta’sir o'tkazishgan va yordam berishgan.

Pep, chunki u uzoq yillar davomida mening murabbiyim bo'lgan va biz birgalikda hatto orzu qilish qiyin bo'lgan muvaffaqiyatlarga erishganmiz.

Va Ronaldinyo, chunki u meni juda yaxshi qabul qilgan, menga asosiy jamoadagi ilk davrlarimda juda katta yordam bergan.

Bundan tashqari, men jamoadoshlarimdan Andres (Inesta) va Xavi eslashim mumkin, hozir "Mayami"da men bilan birga to'p tepayotgan uch kishi (Buskets, Alba va Suares) ham, ular menig do'stlarim hamdir.

Va albatta barchamiz juda sog'inadigan Tito Vilanovani alohida ta'kidlab o'tish kerak," - dedi "Barselona" sobiq yulduzi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mundodeportivo.com