Messi: "Avstraliya bilan o'yinga imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak"

Sherzod Nurmatov
1 dek 2022, 13:10
Hujumchi Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan Polshani mag'lub etib (2:0), JCH 1/8 finaliga chiqqanidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Penaltidan unumli foydalana olmaganidan jahlim chiqdi, lekin jamoa xatomdan keyin yaxshiroq o'ynadi. 

Hisob ochilgandan keyin o'yin o'zgarishini bilardik. 

Avstraliyaga qarshi o'yin qiyin bo'ladi. Har qanday jamoa har kimni mag'lub etishi mumkin, imkoniyatlar teng. O'yinga har doimgidek, imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", – dedi Messi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: afa.com