

"Mahzunman, lekin bor kuchimiz bilan harakat qilganimizni tushunib turibman. To'g'risini aytsam, ular yaxshiroq o'yin ko'rsatishdi. Biz yutqazdik va buni tan olamiz. Bu shu vaqtgacha qilgan barcha ishlarimizni unutamiz degani emas, shu bolatdan foydalanib, o'z odamlarimga, futbolchilarimga va butun mamlakatimga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - deya Messining so'zlarini "ESPN" nashri keltiradi.
Messi JCH-2026 doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Yakunlangan turnirning eng yaxshi to'purari esa Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe (10 ta gol) bo'ldi.



