Messi - Argentina terma jamoasining JCH-2022 saralashi doirasidagi Urugvay va Braziliyaga qarshi o'yin uchun qaydnomasida

Alisher
4 noya 2021
Argentina terma jamoasining noyabr oyida bo'lib o'tadigan JCH-2022 saralash doirasidagi o'yinlari uchun qaydnomasi ma'lum.

Qayd etish kerakki, tarkibdan PSJning jarohatlangan forvardi Lionel Messi ham o'rin oldi.

Argentina 13 noyabr kuni mehmonda Urugvavy bilan, 17 noyabrda esa o'z maydonida Braziliyani qabul qiladi.

Argentina jamoasi Janubiy Amerika saralash bosqichida 11 o'yindan so'ng 25 ochko jamg'argan holda, 2-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Argentina