Merson: "Liverpul"ni yutgan taqdirda ham Sulsherni MYU bosh murabbiyi sifatida ko'rmayman"

Mirjalol Normatov
24 okt 2021
"Arsenal"ning sobiq forvardi Pol Merson APLning 9-turi doirasida "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvdan oldin fikrlarini bildirdi.

"Jamoaning hozirgi holatini ko'rib, Sulsherning ishidan qo'rqib ketyapman. Biz Premer-ligani sevamiz va sevishda davom etamiz. Shu sababli aytishim mumkinki, barcha narsa o'z o'zidan bo'lib qolmaydi.

"Liverpul" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ni yanchib tashlaydi, deya olmayman. Barchasini mayda detallar hal qiladi. Agarda "Yunayted" "Liverpul"ni yutgan taqdirda ham Sulsherni MYUning murabbiyi deb hisoblamayman", - dedi Merson.

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi bugun 20:30da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal