Mergen Orazov – O'zbekistonga qarshi o'yindan avval: "Turkmaniston o'z maydonida faqat g'alaba uchun o'ynaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
16 noya 2023, 14:55
Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi Mergen Orazov va jamoa kiperi Raxat Japarov futbol bo'yicha JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekistonga qarshi o'yindan avval fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

– Mashg'ulot jarayoni reja bo'yicha o'tdi. Jamoada barchaning kayfiyati a'lo darajada, kurashga tayyormiz. Faqat ijobiy natija haqida o'ylayapmiz va muxlislar bizni qo'llab-quvvatlaydi, deb umid qilamiz, – ta'kidladi Orazov.


– Siz noyabr oyidagi yi-inga 28 nafar futbolchini chaqirdingiz. Bu yakuniy ro'yxatmi yoki yana qandaydir o'zgarish bo'ladimi?
– Bir qancha futbolchimiz jarohat olgan, shuning uchun o'zgarishlar qilishga majburmiz. 28 nafar futbolchidan 23 nafarigina O'zbekistonga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritiladi, Gonkongga esa biz bilan 24 o'yinchi yo'l olishi kerak.

– Terma jamoada yosharish davrini kuzatyapmiz. Bu tabiiy ehtiyojdan kelib chiqilgan jarayonmi yoki sizning shahsiy taktik o'zgartirishlaringiz sababmi?
– Bu yerda biz ko'plab faktorlarni inobatga olyapmiz, futbolchilarning yoshi, taktik sxemalar, sekin asta tarkibga yosh futbolchilarni biriktirib boryapmiz. Shuningdek, bu vaziyatda jismoniy va taktik tomonlarni ham unutayotganimiz yo'q. E'tibor bergan bo'lsangiz, avvalgi yig'in bilan solishtirganda, yana uch nafar yosh futbolchini chaqirdik. Ular ichki chempionat o'yinlarida o'zlarini ko'rsata olishdi. Muhim faktorlardan biri – bu futbolchi hozir qanday sport formasidaligi.

– Tarkibga turli sabablarga ko'ra kira olmay qolgan o'yinchilar bormi yoki mana shu optimal tarkibmi?
– Bazi sabablar va yoki jarohat tufayli tarkibga kirmay qolgan bir qancha futbolchi bor. Misol uchun himoyachi - Vepa Jumaev. Ammo umid qilamizki u Gonkongga biz bilan yo'l oladi. Umuman olganda biz tarkibda ko'rmoqchi bo'lgan hammani sinovdan o'tkazib oldik. Ertaga optimalga juda yaqin tarkib maydonga tushadi, deya olaman.

– Ertaga nimaning evaziga raqib himoyasini yorib o'tmoqchisiz?
– O'zbekiston – juda kuchli jamoa, tarkibida kuchli xorijiy ligalarda to'p tepadigan legionerlar bor. Biz yaqinda "CAFA Cup-2023" doirasida ular bilan ro'baro kelgandik. O'shanda bizning ma'lum rejamiz bor edi, lekin ishni endi boshlagandik.

Bu safar biz raqibni yaxshilab o'rgandik. Ularning AQSH, Meksika, Vetnam va Xitoyga qarshi o'yinlarini ko'rib chiqtik. Ularning kuchli tomonlarini o'rgandik, himoyada qanday harakat qilishni bilib oldik, bundan tashqari hujumda ham aniq rejalarimiz bor, lekin ularni hozir oshkor etmayman. Muhimi taktik va ruhan biz o'yinga tayyormiz.

O'z uyimizda o'ynaymiz, tribunalar, yaqinlarimiz va qarindoshlarimiz bizni qo'llab-quvvatlaydi. Oxirigacha kurashamiz. Natija bizning foydamizga ijobiy ko'rinish olishiga ishonaman.



– Guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
– Raqiblarning darajasini inobatga olib aytamanki, guruhimiz anchayin qiyin. Eron va O'zbekiston reyting bo'yicha ham, o'yin bobida ham – juda kuchli jamoalar. Shuningdek, Gonkong 4-savatdagi eng kuchli jamoalardan biri. Ammo yigitlar kurashishga tayyor, bu ularning mashg'ulotlardagi harakatlari, ishtiyoqidan ko'rinib turibdi. Biz faqat ijobiy natijani ko'zlayapmiz, ayniqsa, uy uchrashuvlarida. Biz doim guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz va o'zimizni autsayder sifatida ko'rmayapmiz. Biz yuqori darajadagi futbol ko'rsatishga tayyormiz.

Intervyu davomida turkman futbolchilarining xorijda to'p tepishi mavsuzi haqida ham gap bordi. Mergen Orazov Turkmaniston termasining o'zini xorijiy chempionatlarda sinab ko'rmoqchi bo'lgan yosh futbolchilariga maslahat berdi. Mutaxassis bu terma jamoa uchun katta plyus ekanligini ta'kidladi, lekin futbolchilar kuchli klublarga ketishi muhimligini ta'kidlab o'tdi.

– Yevropaning yetakchi ligalarida yoki Osiyoning kuchli klublarida to'p tepadigan legionerlar, bu chindan terma jamoa uchun foydali bo'ladi. Bu borada hozirda Federatsiya bilan ish olib borilmoqda, umid qilamanki, kelajakda futbolchilarimizda bunga yaxshiroq imkoniyat bo'ladi.

Raxat Japarov: "Uyda biz faqat g'alaba uchun o'ynaymiz"
– Biz bu bahsga uzoq va astoydil tayyorgarlik ko'rdik. Raqib - kuchli, munosib. Nima ham derdim, ertaga maydonga tushamiz va murabbiyning ko'rsatmalariga amal qilamiz va o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Albatta, biz g'alaba qozonishimizga ishonamiz, chunki uyda o'ynaymiz.


Georgiy ASLANYAN (Turkmenportal) suhbatlashdi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia