Mene – birinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, o'sha bo'limning o'zida gol urgan dastlabki o'yinchi

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2021
Belgiya terma jamoasi himoyachisi Toma Mene Yevropa chempionati 1-turida Rossiya terma jamoasi darvozasini ishg'ol etdi.

U 27-daqiqada Timoti Kastan o'rniga maydoga tushib, 34-daqiqada Anton Shunin darvozasiga to'p kiritdi.

Mene bu orqali Evro'da birinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, o'sha bo'limning o'zida gol urgan ilk o'yinchi sifatida tarixda qoladigan bo'ldi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Gracenote Sports