Mendi: "Manening ketishi APL uchun katta yo'qotish bo'ldi"

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022
"Chelsi" posboni Eduar Mendi vinger Sadio Manening "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tgani haqida gapirdi.

"Futbol sifati va uning tomoshabopligi nuqtayi nazaridan uning ketishi APL uchun katta yo'qotish bo'ldi. Biz Bundesligani yoqtirib qolgan buyuk futbolchidan ayrildik. O'z navbatida "Liverpul" ham jamoaga katta ustunlik taqdim qiladigan futbolchisini sotib yubordi", - dedi Mendi.

O'tgan mavsum Sadio "Liverpul" tarkibida APLning 34 o'yinida 16 gol va 2 assist qayd etdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Bavariya" Mane uchun 32 mln evro to'laydi, yana 9 mln bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal