Mendeta Ispaniya haqida: "Menga bu jamoaning xarakteri, ruhi, o'yinchilarning qilayotgan ishlariga ishonchlari yoqmoqda"

Alisher
29 iyun 2021, 09:24
Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Gaiska Mendeta Evro-2020 1/8 final doirasidagi Xorvatiya (5:3)ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Qanday aqlbovar qilmas o'yin! Men Ispaniyaning g'alabasidan juda ham mamnunman. Menga bu jamoaning xarakteri, ruhi, o'yinchilarning qilayotgan ishlariga ishonchlari yoqmoqda.

Menga ularning zarbadan qanday chiqib keta olganliklari va turnir davomida, jumladan bugun ham yuzaga kelgan barcha qiyinchilikarni qanday engib o'tganliklari yoqdi.

Luis Enrikening almashtirishlari ham ajoyib. Olmo bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo Enrikega qoyil, sababi hozirgacha erishilgan yutuqlarda jamoaning barcha a'zolari ishtirok etishdi" - deydi Mendeta.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com