"Atletik" Garitanoni ishdan bo'shatdi

Bilbaoning "Atletik" klubi bosh murabbiyi Gaiska Garitano iste'foga chiqarildi.

Klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassis va uning yordamchilarini vazifasidan ozod qilish qarorini chiqardi. Garitanoning iste'fosi La Liga 17-turida "Elche" (1:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin sodir bo'ldi. 

"Atletik" ayni paytda 21 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. Klub keyingi turda "Barselona" bilan to'qnash keladi.


Manba: athletic-club.eus